Suv resurslarini saqlab qolish bo‘yicha yangi talablar belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda suv resurslarini saqlab qolish va energiyani tejash bo‘yicha yangi talablar belgilandi. Bu haqda Prezidentning suvni isrof qilishga chek qo‘yish va tejamkorlikni davlat siyosati darajasiga ko‘tarishga qaratilgan yangi farmonida so‘z boradi.

Ushbu farmon bilan suv resurslarini saqlab qolish va energiyani tejash bo‘yicha yangi talablar kuchga kirmoqda. Xususan, endilikda O‘zbekistonda “Suvni tejash oyligi” o‘tkaziladi. Oylik doirasida har yili mart oyida respublika bo‘ylab suvni qadrlash va tejash bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot kampaniyasi bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, rahbarlarga qat’iy KPI belgilanmoqda: davlat tashkilotlari rahbarlariga suvni tejash va “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat yuklanadi. Qoidani buzgan idoralar Bosh prokuratura nazoratiga olinadi.

Bundan tashqari, yashil va tejamkor texnologiyalar joriy etiladi. Xususan, 1,9 mingta eski nasos energiya tejamkor uskunalarga almashtiriladi va 15 MVt quyosh panellari o‘rnatiladi.

Shu bilan birga, “aqlli” nazorat yo‘lga qo‘yiladi: iste’molchilarga 215 mingta va magistral tarmoqlarga 4,8 mingta suv hisoblagichlar o‘rnatilib, qamrov 91 foizga yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda suv tejovchi texnologiyalarning nasos va filtr qurilmalariga sun’iy yo‘ldosh kuzatuv tizimi o‘rnatilishi va 2027 yildan sholi va baliqchilik maydonlarida “aqlli” suv hisoblagichlar o‘rnatish majburiy etib belgilangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing