Suv omborlarini foydalanishga berish taqiqlandi
Jamiyat
−
01 dekabr 2021
7684Avvalroq “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, suv iste’molchilari uyushmalari o‘z a’zolarining yillik badallari, shartnoma asosida suv yetkazib berganlik va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Uyushmalar suvdan foydalanish qoidalari buzilganida, limitdan ko‘p suv olinganida, to‘lovlar vaqtida to‘lanmaganida iste’molchilarga suv yetkazishni to‘xtatishga haqli.
Suv omborlari, sel-suv omborlari, yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi ob’ektlari foydalanishga berilmasligi belgilandi.
Ilgari ushbu tartiblar qonunda nazarda tutilmagan.
LiveBarchasi