Xayriddin Sultonovning o‘g‘li muhim lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Shamsiddin Xayritdinovich Sultonov O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi direktori etib tayinlandi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri xabar berdi.

Aytishlaricha, Shamsiddin Sultonov Prezident maslahatchisi – Spichrayter Xayritdin Sultonovning o‘g‘li bo‘lishi mumkin ekan.

Ma’lumot uchun, hukumat qarori bilan 2021 yilda Baxtiyor Bahodirovich Kamolov Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazining direktori etib tayinlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident qarori bilan Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosarlari tayinlanib, vazirlik huzuridagi Suv xo‘jaligi ob’ektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga Zafar Irisboyev boshlig‘i etib belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing