Suv iflosligi sabab Senada suzish 5-marta bekor qilindi
Olam
−
06 avgust 2024 5362 1 daqiqa
Bugun, 6 avgust kuni Fransiyaning poytaxti Parijda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlari doirasida Sena daryosidagi suzish bo‘yicha mashg‘ulotlar ifloslanish sababli 5-marta bekor qilindi. Bu haqda “Globo” xabar berdi.
“Ville de Parij, Parij-2024 va World Aquatics o‘rtasida bo‘lib o‘tgan kunlik vaziyat uchrashuvidan so‘ng bugun, 6 avgust kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan tanishuv sessiyasi bekor qilindi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Triatlonning suzish bosqichi uchun mashg‘ulotlar bekor qilingan va erkaklar o‘rtasidagi musobaqa ham daryodagi ifloslanish darajasi tufayli qoldirilgan. Bildirilishicha, sinovlar keyinchalik o‘tkaziladi.
Bir nechta triatletchilar esa takroriy bekor qilinishdan keyin norozilik bildirgan.
“Qulay ob-havo prognozi va istiqbolli tahlillari bilan 8 va 9 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan Marafon suzish musobaqalari rejalashtirilganidek davom etadi”, deydi World Aquatics bayonotida.
Sena daryosidagi sharoit yaxshilanmasa, suv marafonini daryodan olib tashlash va uni kanoeda eshkak eshish tadbirlari o‘tkaziladigan joyga olib borish imkoniyati ustida ishlanmoqda.
26 iyul kuni Sena daryosida ochilish marosimi bilan boshlangan 33-yozgi Olimpiya o‘yinlari 11 avgust kuni yakunlanadi.
Zumrad Zaripova
Live
Barchasi