Suv endi “suvtekin” emas. Yana ikki viloyatda narxlar oshadi

Jamiyat

image

Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida 15-16 noyabrdan sovuq suv va kanalizatsiya xizmatlari narxi oshadi. Bu haqida “O‘zsuvta’minot” ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 16 noyabrdan Samarqand shahrida sovuq suv uchun yangi tariflar kuchga kiradi:
• aholi uchun — 1 kubometr uchun 2500 so‘m;
• byudjet tashkilotlari uchun — 1 kubometr uchun 5700 so‘m;
• ulgurji iste’molchilar uchun — 1 kubometri uchun 5700 so‘m.

Kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar:
• aholi uchun — 1 kubometr uchun 1600 so‘m;
• byudjet tashkilotlari uchun — 1 kub metri uchun 4300 so‘m;
• ulgurji iste’molchilar uchun — 1 kub metri uchun 4300 so‘m.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatida ham 15 noyabrdan sovuq suv uchun yangi tariflar kuchga kiradi:
• aholi uchun — 1 kubometr uchun 1900 so‘m;
• byudjet tashkilotlari uchun — 1 kubometri uchun 2991 so‘m;
• ulgurji iste’molchilar uchun — 1 kubometri uchun 2991 so‘m.

Kanalizatsiya xizmatlari:
• aholi uchun — 1 kubometr uchun 450 so‘m;
• byudjet tashkilotlari uchun — 1 kubometri uchun 777 so‘m;
• ulgurji iste’molchilar uchun — 1 kubometri 777 so‘m.

"Tariflarning oshishi xodimlarning ish haqi va soliq to‘lovlari, elektr energiyasi uchun to‘lovlar, kreditlarni qaytarish hamda tizimni ta’mirlash va modernizatsiya qilish uchun mablag‘ga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq", deyiladi bu haqdagi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

ichimlik suvi O'zbekiston tarif

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing