So‘roq arafasidagi Poroshenko Ukrainadan chiqib ketdi

Olam

image
Poroshenko mutasaddilar ustidan 14 ta da’vo arizasi yozdi north_east

Poroshenko mutasaddilar ustidan 14 ta da’vo arizasi yozdi

Ukrainaning Sobiq Prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakatni tark etdi. Bu haqda AIF xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, sobiq rahbar so‘roqqa chaqirilgan. Shuningdek, xuddi shu kuni siyosatchilar uning hibsga olinishini talab qilishmoqchi bo‘lgan. Biroq Poroshenko mamlakatdan chiqib ketgani sabab Davlat tergov byurosiga so‘roq uchun kela olmaydi.

Pyotr Poroshenko qaysi davlatga borgani hali noma’lum. Ehtimol, u shaxsiy masalada Ukrainani tark etgan. Sababi ukrainalik ishbilarmonlarga koronavirus sababli chet elga chiqish taqiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Poroshenkoga xoinlik, mansab mavqeini suiste’mol qilish, jinoiy daromadlarni legallashtirish, soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlash, sud tizimini egallab olishga urinish kabi ayblovlar qo‘yilmoqda.

GDB ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq Prezident 16 ta jinoiy ish bo‘yicha 30 ga yaqin so‘roqqa kelishdan bosh tortgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Poroshenko

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing