Surxondaryoning “so‘kong‘ich” hokimi chempionga qorabayir sovg‘a qildi

Sport

image

Surxondaryo viloyat hokimi To‘ra Bobolov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati g‘olibi  Muzaffarbek To‘raboyevga qorabayir zotli ot sovg‘a qildi. Bu haqda Surxondaryo viloyat hokimligi ma’lum qilgan.

Joriy yilning 6-13 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan chempionatdagi ishtirokini g‘alaba bilan yakunlab, oltin medalni qo‘lga kiritgan Muzaffar To‘raboyev 4 noyabr kuni ona yurti Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tantanali kutib olindi.

Shuningdek, Bobolov Muzaffar To‘raboyevning ota-onasiga minnatdorchilik bildirib, ularga esdalik sovg‘alarini topshirgan va sportchiga Parij-2024 Olimpiadasida omad tilagan.

Ma’lumot uchun, To‘raboyev Jahon chempionatiga qadar Turkiyaning Konya shahri mezbonlik qilgan Islom birdamligi o‘yinlarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati tarixiy mundialida o‘zbekistonlik sportchilardan yana biri Davlat Bobonov ham oltin medalni qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

To'raBobolov MuzaffarTo'raboyev

Baholaganlar

519

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar