Surxondaryolik tadbirkor 11 mlrd dan oshiq kredit mablag‘larini “yeb yubordi”
3-sahifa
−
22 may 2023
10423Surxondaryo viloyatida bankdan ajratilgan jami 11,2 milliard so‘m kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan tadbirkor ushlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, “Surxondaryo Avtosanoat Agrotex servis” MCHJ rahbari Yo.O. 2016 yilda Qiziriq tumani hududida uzum bog‘i tashkil etish maqsadida bankdan 3,3 mlrd so‘m kredit mablag‘i ajratilishiga erishgan. U mazkur pullarga uzum bog‘i barpo etmasdan, bank krediti mablag‘larini maqsadsiz sarflab yuborgan.
Shuningdek, Yo.O. Qiziriq tumani hududida yilqichilik kompleksini tashkil etish maqsadida tijorat bankidan 2018-2019 yillarda 10,2 mlrd so‘m kredit mablag‘i olgan. U shundan 7,9 mlrd so‘mini maqsadsiz sarflab, bank manfaatlariga jo‘da ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi