Surxondaryodagi YTHda uch kishi yonib ketdi
3-sahifa
−
18 aprel 2022
12746Joriy yilning 14 aprel kuni Surxondaryo viloyatining Angor tumanida uch kishininig o‘limi bilan yakunlangan mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.
YTH 4R-102 avtomobil yo‘lining Angor tumani hududidan o‘tuvchi qismida yuz bergan. Angor-Jarqo‘rg‘on yo‘nalishida harakatlanayotgan Nexia-3 mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Nexia-3 bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuv paytida mashinalardan birida yong‘in yuzaga kelgan. Oqibatda uning haydovchisi O., yo‘lovchi sifatida ketayotgan 23 yoshli yigit Q. va uning 23 yoshli turmush o‘rtog‘i A.Yu. mashina bilan birga yonib ketgan va og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
LiveBarchasi