Surxondaryodagi YTHda 5 yoshli bola vafot etdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Kecha, 18 aprel kuni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda 5 yoshli bola vafot etgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 18 aprel kuni soat taxminan 10:30 da Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 1408 kilometrida sodir bo‘lgan. Mazkur yo‘lda Damas avtomobilini boshqarib kelayotgan 57 yoshli haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, ro‘parasida kelayotgan, 26 yoshar haydovchi boshqaruvidagi, maxsus radar moslamasi bilan jihozlangan Cobalt rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Mazkur ikki avtomobil to‘qnashuvidan keyin Cobalt avtomobili bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan va orqa tomonida harakatlanib kelayotgan Nexia avtomobili to‘xtashga ulgurmasdan Cobalt’ning orqa tarafiga urilgan.

Oqibatda Damas haydovchisi og‘ir tan jarohat olgan. Ushbu avtomobilda bo‘lgan 2017 yilda tug‘ilgan bola tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan. 

Xabarga ko‘ra, mazkur YTH yuzasidan Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi xodimlari tomonidan dastlabki tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing