Surxondaryodagi shifoxonada IIB xodimi erkakni kishanlab, kaltaklagani aytilmoqda (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqda Ichki ishlar boshqarmasi xodimi shifoxonada qo‘li kishanlangan fuqaroni qiynab, uni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 7 may kuni soat 01:10 larda Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani “Shaffof” mahallasida yashovchi fuqaro S.S. ismli ayol tuman IIB navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilib, yashash uyiga notanish shaxs kelib ko‘p marta eshigini tepib janjal qilayotgani bo‘yicha murojaat qilgan. Shu kuni tungi xizmatga jalb qilingan Muzrabot tumani IIB xodimi M.A. chaqirilgan manzilga borgan. Mazkur uyda Fuqaro U.P. kuchli alkogol ta’sirida – mast holatda IIB xodimining qonuniy talabini bajarmagani uchun uni Muzrabot tumani Tibbiyot markazida tashkil etilgan Alkogol mastlik holatidagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktiga olib borgan. 

Mast fuqaro tibbiyot birlashmasida ham davolanayotgan bemorlarning tinchligini buzib, qonuniy talablarga bo‘ysunmasdan qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlashda davom etgan. U.P.ni tinchlantirish maqsadida IIB xodimi qat’iy harakat qilgan. Xodimning harakatlari yuzasidan hozirda Surxondaryo viloyat IIB mas’ullari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo shifoxona IIB xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing