Surxondaryodagi chegara hududidan 10 kg narkotik modda topildi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hududidagi qamishzordan 10 kilogramdan ortiq opiy moddasi topildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, DXX xodimlari tomonidan tuman hududidan oqib o‘tuvchi Amudaryo qirg‘og‘idagi qamishlar orasiga noma’lum shaxslar tomonidan yashirilgan shubhali polietilen qop topib olingan. Xolislar ishtirokida ushbu qop ko‘zdan kechirilganda uning ichida 10 dona o‘ramda giyohvandlik vositasi borligi ma’lum bo‘lgan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘ramlarda sof vazni 10 kilogramm 38 gramm bo‘lgan opiy moddasi borligi aniqlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan xizmatning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu giyohvandlik moddasi egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar olib borilmoqda. 

Shuningdek, DXXning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Surxondaryo – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Nexia Ko‘kdala tumanida joylashgan “Umakay” YPX maskanida to‘xtatib ko‘zdan kechirilgan.

Unda Denov tumanida yashovchi 30 yoshli fuqaro boshqaruvidagi mashinaning salon qismiga yashirib qo‘yilgan 935 gramm opiy va 200 gramm gashish moddalari borligi aniqlanib protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan xizmatning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq DXX xodimlari tomonidan Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi 30 yoshli fuqaroning yashash xonadonidan 7 kilogramm opiy giyohvandlik moddasini topgani va unga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo DXX gashish opiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made