Surxondaryoda yuk mashinasi jarlikka qulab tushdi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Bobotog‘ tizmasida yuk mashinasi  jarlikka qulab tushishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 27 mart kuni soat taxminan 15:30 larda sodir bo‘lgan. GAZ-52 yuk mashinasi haydovchisi Bobotog‘ tizmasida transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallanmagan yo‘lda ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi chuqurlikka tushib ketgan.

Oqibatda yuk mashinasi haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 aprel kuni Samarqand shahrida ko‘tarma kran vositasida ko‘chirilayotgan yo‘lovchi avtobusi qulab tushgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo yuk mashina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing