Surxondaryoda YTH: onaning e’tiborsizligi 5 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 1 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatida onaning e’tiborsizligi sabab 5 yoshli qiz yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, soat 11:30 atrofida Qumqo‘rg‘on tumani “G‘alaba” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R–105 avtomobil yo‘lining 88-kilometrida YTH sodir bo‘lgan. 

Voqea sodir bo‘lgan kuni 2016 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan fuqaro onasining hamrohligida tanishining uyidan qaytayotgan bo‘lgan. Qizcha onasining qo‘lidan tutmasdan yo‘lni kesib o‘tayotganida, o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Lacetti avtomobili uni urib yuborgan. Oqibatda qiz voqea joyida vafot etgan.

Aniqlanishicha, yo‘lda ikki tomonga ajratuvchi yotqiziq chiziqlari mavjud bo‘lmagan.

Avvalroq, Namanganda yuk mashinasi urib yuborgan 6 yashar qiz vafot etgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, Toshkentda ham Damas haydovchisi 4 nafar maktab o‘quvchisini urib ketgandi. YTH oqibatida bolalardan biri vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

196

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing