Surxondaryoda YTH oqibatida 700 xonadon gazsiz qoldi
3-sahifa
−
06 noyabr
3732Bugun, 6 noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi “Bog‘iston” MFY hududidan o‘tuvchi gaz quvuriga Cobalt avtomashinasi borib urildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlikka ko‘ra, hodisa oqibatida avariya holati sodir bo‘lgan. Buning natijasida soat 11:00 dan “Bog‘iston” va “Gazarak” MFY hududidagi 700 ta aholi xonadoni va 3 ta ulgurji iste’molchining tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Avariya holati bartaraf etilishi bilan gaz ta’minoti qayta tiklanishi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, 18 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatida avtomobil gaz quvuriga urilishi oqibatida 3950 aholi gazsiz qolgandi.
Joriy yilning sentyabr oyida esa Surxondaryo viloyati hamda Toshkent viloyatida avtomobil gaz quvuriga urilishi va qurilish jarayonidagi e’tiborsizlik sabab 1 915 ta va 15 198 ta xonadon gaz ta’minotidan uzilgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi