Surxondaryoda YTH oqibatida 4 mingga yaqin aholi gazsiz qoldi
3-sahifa
−
18 Oktyabr 2024 5811 1 daqiqa
Bugun, 18 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatida avtomobil gaz quvuriga urilishi oqibatida 3950 aholi gazsiz qoldi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Tungi soat 01:30 da viloyatning Denov tumanidagi “Olovuddin” mahallasida Nexia-3 avtomashinasi yuqori bosimli gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya sodir bo‘lgan. Oqibatda Denov tumanidagi 3950 aholi va 20 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
“Ushbu nosozlik bir necha soatlardan keyin bartaraf etilib, tumandagi iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklandi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda avtohalokat ortidan 2 mingga yaqin xonadon gazsiz qolgandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr