Surxondaryoda o‘zganing plastik kartasidan 27 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
29 yanvar
3615Surxondaryoda o‘zganing plastik kartasidagi 27 mln so‘mni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi 23 yoshli M.M. IIO ga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan noma’lum shaxs tomonidan 27 mln so‘m yechib olinganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi 28 yoshli K.B. sodir etgani aniqlangan.
Shuningdek, ushbu shaxs internet foydalanuvchilariga Telegram messenjeri orqali turli xil mazmundagi yolg‘on e’lonlar ostida soxta havola jo‘natib kelgan. Bu havolaga bank kartasi ma’lumotlarini kiritgan fuqarolarning kartalari boshqaruvini qo‘lga kiritib, ular hisobidagi pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olib, ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "b" va "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, holat yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda o‘zganing kartasidan 460 mln so‘m yechib olgan shaxslar qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi