Surxondaryoda ushlangan “Jihodchilar” “Abu Saloh”, “Abdulloh Zufar”, “Sodiq Samarqandiy”ga xayrixoh bo‘lgan
Jamiyat
−
09 iyul 2020
49769Joriy yilning iyun oyida DXX va IIV xodimlari tomonidan Boysun tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “jihodchilar” oqimi faoliyati aniqlanib, ushbu oqimning bir guruh a’zolari qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.
Aniqlanishicha, 15 nafar mahalliy yoshlardan iborat yashirin guruhni tashkil etgan shaxs Rossiya Federatsiyasida mavsumiy ishlashi davomida ekstremistik va terroristik tashkilotlar tarafdorlari ta’siriga tushgan va ularning buzg‘unchi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan.
O‘zAning yozishicha, 1986-2002 yillar oralig‘ida tug‘ilgan guruh a’zolari mehnat migranti sifatida Rossiya Federatsiyasida ishlagan vaqtida o‘zaro yig‘inlar o‘tkazishgan va ekstremistlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan “Abu Saloh”, “Abdulloh Zufar”, “Sodiq Samarqandiy”larning audio va video murojaatlarini tinglab, xayrixohlik bildirishgan.
Shuningdek, Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti safiga borib qo‘shilish masalalarini muhokama qilishgan.
Turli muddatlarda, ketma-ket O‘zbekistonga qaytib kelganlaridan keyin ham ular o‘zlarining noqonuniy faoliyatlarini davom ettirishgan.
LiveBarchasi