Surxondaryoda o‘quvchi qiz 8-qavatdan tushib ketib, vafot etdi

3-sahifa

image

Surxondaryoda 17 yoshli qiz 8-qavatdan tushib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Bildirilishicha, voqea joriy yilning 29 oktyabr kuni soat 21:00 atrofida “Buyuk kelajak” MFY hududidagi ko‘p qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan. Uyning 13-qavatida yashab kelgan qiz 8-qavatdan tushib ketgan va olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.

Aniqlanishicha, qizning oilasi 2023 yilning boshida ushbu binoga ko‘chib kelgan. Qiz oiladagi eng katta farzand bo‘lgan.

U o‘qigan maktab direktorining ta’kidlashicha, qiz darslarda faol qatnashgan, hech kim bilan ziddiyatga bormagan.

“Maktabda ham, mahallada ham o‘z o‘rniga ega, yaxshi, bilimli qiz edi. Chin ko‘ngildan achinyapmiz. Mahallada ota-onasi bilan hech qanday salbiy holat yuz bermagan. Namunali oila qatorida bo‘lgan”, deydi mahalla raisi “Zamon” dasturiga bergan intervyusida.

Sodir bo‘lgan holatning sabablari aniqlanmoqda. Marhumaning o‘limi bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 15 yoshli o‘smir yashash xonadonining derazasidan tushib ketib, vafot etgandi. Joriy yilning 4 avgust kuni Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan X.S. yashash xonadonining 5-qavat derazasidan o‘z ehtiyotsizligi oqibatida yerga tushib ketgan. U tez yordam mashinasida RSHTYOIMga olib kelingan va tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ammo muolajalarga qaramasdan o‘smir vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo o'quvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing