Surxondaryoda o‘qituvchilar hokimiyat topshirig‘i bilan majburiy mehnatga jalb qilingani aytildi
3-sahifa
−
23 iyul 2023
14289Telegram kanallaridan birida Surxondaryo viloyatida hokimiyat, prokuratura, ichki ishlar va boshqa tashkilotlar topshirig‘i bilan o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish, ta’lim tizimiga asossiz aralashish holatlari haqida murojaat e’lon qilindi. Viloyat hokimligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Murojaatda aytilishicha, o‘qituvchilar va maktab direktorlari ta’tilda bo‘lsa ham bog‘bonlik, bo‘yoqchilik, farroshlik qilishga ommaviy jalb qilingan.
Hokimlikka ko‘ra, mazkur murojaatda keltirilgan holatlar viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan nazoratga olingan. Murojaatni batafsil o‘rganish, aybdorlarni aniqlash va qonun doirasida chora ko‘rish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
“O‘rganish yakunlari, ko‘rilgan choralar to‘g‘risida batafsil axborot berilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi