Surxondaryoda o‘qituvchi vazifani bajarmagan o‘quvchini kaltakladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchisi kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuratura Matbuot xizmati holatga munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 22 aprel kuni Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanidagi 4-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi 9-sinf o‘quvchisi dars mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rmasdan kelganligi uchun uni urgan. 

Holat yuzasidan Bandixon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.

Tekshirish doirasida o‘qituvchining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. 

Tekshiruv harakatlari Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

541

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing