Surxondaryoda o‘qituvchi o‘quvchining yelkasini sindirgani aytilmoqda
3-sahifa
−
18 Oktyabr 2025 6470 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida o‘qituvchi maktabga futbolka kiyib borgan o‘quvchini urib, yelkasini sindirgani haqida videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Videoga ko‘ra, o‘qituvchi Y.H. 2 sinf o‘quvchisi S.J. (o‘g‘il bola)ni maktabga futbolka kiyib borgani uchun urib, yelkasini sindirgan. Bolaning onasi mutasaddilarga murojaat qilganida ulardan kerakli javobni ololmagan.
Boshqarmaning bildirishicha, mazkur holat Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda voqea tafsilotlari o‘rganilib, rasmiy ma’lumot beriladi.
“Ta’lim muassasalarida bolalarning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligi — boshqarma faoliyatining doimiy ustuvor yo‘nalishidir”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda tarbiyachilar bolani uzr so‘rashga majburlagandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr