Surxondaryoda o‘qituvchi o‘quvchining tishini urib sindirdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi 13-maktab o‘qituvchisi o‘quvchini kaltaklab, tishini sindirdi. Bu haqda “Milliy” telekanalining “Millar” dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 27 fevral kuni maktabning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan futbol maydonida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, ikki o‘quvchi futbol o‘ynayotganda tortishib qolgan. Buni ko‘rgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi ularni ajratmoqchi bo‘lgan.

Shundan so‘ng boshqa o‘qituvchi bu holatni ko‘rib, o‘qituvchini o‘quvchilar kaltaklayapti deb o‘ylab, janjalga aralashgan va o‘quvchilardan biriga musht tushirgan. Oqibatda bolaning 2 ta tishi singan. Aniqlanishicha, kaltaklangan bola maktabning 11-sinfida o‘qigan.

“O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan. Voqeadan xabar topib, yetib keldim. Shifoxonaga bordim, ota-onasi bilan uchrashdim. Dori-darmoniga qisman bo‘lsada, yordam ko‘rsatildi. O‘qituvchi aybini tan oldi va o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shab ketdi”, deydi maktab direktori.

Hozirda ushbu holat tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan o‘rganilib, tergov harakalatlari olib borilayotgani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo o'quvchi o'qituvchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing