Surxondaryoda tadbirkorga ajratilgan kredit bank xodimi tomonidan o‘zlashtirib yuborildi
Jamiyat
−
26 Sentabr 2019 4081 1 daqiqa
“O-N” MCHJ rahbarining murojaatiga asosan “Ipoteka-bank” ATIB Surxondaryo filialida o‘tkazilgan tekshirishda, bank va jamiyat o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga asosan, jamiyatga baliqchilikni rivojlantirish maqsadida sun’iy suv havzasi barpo etish va baliq chavoqlari hamda omixta yem sotib olish uchun 3 yil muddatga yillik 16 foiz bilan 1 milliard so‘m kredit ajratilgan.
Bank filialining Qishloq xo‘jaligi sub’ektlariga xizmat ko‘rsatish bo‘limi sobiq boshlig‘i K.Ibragimov mansab mavqeini suiiste’mol qilib, “O-N” MCHJga ajratilgan 410 million so‘mlik kredit mablag‘ining so‘ndirilmaganligini bila turib, filial boshqaruvchisining nomidan notarial idoraga jamiyat tomonidan 410 million so‘mlik kredit mablag‘lari muddatidan oldin qaytarilgani to‘g‘risida xat berib, band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etib, “O-N” MCHJga ajratilgan 350 million so‘m kreditni o‘zlashtirib, jamiyat manfaatiga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazgani aniqlangan.
Holat yuzasidan, “Ipoteka-bank” ATIB Surxondaryo filiali Qishloq xo‘jaligi sub’ektlariga xizmat ko‘rsatish bo‘limi sobiq boshlig‘i K.Ibragimov va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 233-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi