Surxondaryoda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Termiz tuman sudining sudya yordamchisi 800 dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudining sudya yordamchisi xizmat mavqeidan foydalangan holda mazkur tuman sudida ko‘rilayotgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan yengillik yaratib berishi evaziga dastlab 500 ming so‘m pul mablag‘ini olib, qo‘shimcha ravishda 800 AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sudya yordamchisi o‘zining qarindoshi vositachiligida 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda hakamlik sudining kadrlar bo‘limi boshlig‘i bir fuqaroni tanishlari orqali ishga kiritib qo‘yish maqsadida 1000 dollar talab qilib, so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo pora sud'ya yordamchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing