Surxondaryoda prokuror pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida prokuror 1300 dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda “Axborot 24” dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati prokuraturasining bo‘lim prokurori xizmat mavqeidan foydalangan holda Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi yurituvidagi 1999 yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan to‘plangan tergovga qadar tekshiruv materiallarida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lsa-da, lekin jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik to‘g‘risida mazkur tuman Ichki ishlar boshqarmasiga ko‘rsatma berishini aytib, evaziga 2000 AQSH dollari talab qilgan.

Joriy yilning 5 sentyabr kuni u so‘ralgan pul mablag‘idan 5 million so‘mni o‘zining nomidagi plastik kartaga o‘tkazib olgan. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u talab qilingan puldan 1300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan prokurorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Angren shahrida Tergov bo‘limi katta tergovchisi 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgan edi. U o‘z ish yurituvida bo‘lgan tergovga qadar tekshiruv ishi doirasida fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik va tegishli tartibda chora ko‘rmaslik evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo pora prokuror

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing