Surxondaryoda poyezd mashinani urib yuborishi oqibatida bir oilaning 5 a’zosi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida poyezd Gentra mashinasini urib yuborishi oqibatida bir oilaning 5 nafar a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Kecha, 31 yanvar kuni soat 20:29 larda Qumqo‘rg‘on tumani, Ko‘galli maxallasida yashovchi, N.B. Gentra avtomashinasida qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmadan o‘tayotgan vaqtida yo‘lovchi poyezdi urib yuborgan. Oqibatda ushbu avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan N.B.ning oila a’zolari: 1959 yilda tug‘ilgan onasi X.Z., 1994 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i Sh.S., voyaga yetmagan qizi M.M, voyaga yetmagan o‘g‘li M.M., voyaga yetmagan qizi M.M. voqea joyida olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Shuningdek, haydovchi N.B. va o‘g‘li voyaga yetmagan M.M.lar har xil tan jarohatlari olib, Sho‘rchi markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo poezd

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing