Surxondaryoda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
06 Sentabr 6073 1 daqiqa
Kecha, 5 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi bozorda joylashgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo nuqtasida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 18:18 larda Uzun tumani “Kichik jonchekka” mahallasi Termiziy ko‘chasi 95-uy manzilida joylashgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo nuqtasining 20 metr kvadrat maydonida yong‘in yuzaga kelgan. Ushbu hodisa to‘g‘risida 112 raqami orqali Uzun tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga murojaat tushgan. Voqea joyiga soat 18:28 da yetib borgan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji tomonidan yong‘in o‘rab olingan va 18:50 larda to‘liq bartaraf etilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot tushmagan. Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar aniqlanmoqda. Voqea joyiga tuman FVB mas’ullari yetib borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan xo‘jalik mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida do‘konning tom va ichki qismida taxminan 70 kvadrat metr maydon yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi