Surxondaryoda ota-bola jo‘jasini o‘ldirgan itni so‘yib tashladi

3-sahifa

image

Surxondaryoda ota-bola jo‘jasini o‘ldirgan itni ayovsiz kaltaklab, so‘ng so‘yib tashladi. Ushbu holat tasvirlangan video “Mehr va Oqibat” jonivorlarni himoya qilish jamiyati Telegram-kanalida e’lon qilindi.

Manbaga ko‘ra, hodisa Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida sodir bo‘lgan. Unda 53 yoshli erkak va uning 33 yoshli o‘g‘li hovlisidagi jo‘jani tishlab o‘ldirib qo‘ygan kuchukchani ayovsiz kaltaklab, so‘ng so‘yib tashlagan. 

Shuningdek, ular mazkur holatni tasvirga olib, videoni itni bu oilaga bergan birinchi egasiga yuborgan. 

Ma’lumot uchun, yuqoridagi holatda fuqarolar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish)ga ko‘ra, aybdor hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida erkak avtomobilida qo‘shnisining itini sudragani va  Farg‘onada fuqarolar mushukni tiriklayin yoqib yuborgani haqida xabar berilgandi


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo it so'yib tashladi jo'ja

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing