Surxondaryoda Nexia urib yuborgan 7 yoshli qizcha halok bo‘ldi
3-sahifa
−
23 Sentabr 2021 6407 1 daqiqa
Joriy yilning 18 sentyabr kuni Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida Nexia-3 avtomobili 7 yoshli qizchani urib yubordi. Buning oqibatida qizcha voqea joyida vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea taxminan soat 15:00 da Oltinsoy tumani hududidan o‘tgan 4E100 avtomobil yo‘lining 155 kilometrida sodir bo‘lgan. Oltinson-Denov yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Nexia-3 yo‘lni kesib o‘tayotgan 2014 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan qizni urib yuborgan.
Buning oqibatida, qizcha voqea joyida vafot etgan. Halokat sodir bo‘lgan vaqtda qizchaning yonida uning onasi ham bo‘lgan. Avtomobil esa aholi yashash punkti uchun yuqori bo‘lgan tezlikda harakatlanib kelayotgan edi. Qizchaning bevaqt o‘limiga onasining e’tiborsizligi va avtomobilning yuqori tezligi sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Matiz 13 yoshli qizni urib yuborgan, piyoda halok bo‘lgan. 18 sentyabr kuni Qarshi shahrida Lacetti rusumli avtomobil yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Yo‘lovchi shifoxonada vafot etgan. 13 sentyabr kuni Namanganda “Jiguli” 3-sinf o‘quvchisini urib yuborgan. U ham shifoxonada vafot etgan.
Live
Barchasi