Surxondaryoda Nexia beton to‘siqqa urildi. Haydovchi vafot etdi
3-sahifa
−
28 Oktabr 2021
5262Joriy yilning 21 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatida Nexia rusumli avtomobil beton to‘siqqa urildi. Oqibatda hadovchi vafot etdi, bir yo‘lovchi shifoxonaga joylashtirildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar yo‘l harakati xavfsizlik boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea soat taxminan 21:00 atrofida viloyatning Sherobod tumani Mehnatobod mahallasidan o‘tuvchi M39 avtomobil yo‘lining 1311-kilometrida sodir bo‘lgan. 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia rusumli avtomobilda Toshkent-Termiz yo‘nalishida harakatlanib ketayotib, tezlikni oshirishi va boshqaruvni yo‘qotishi ortidan yo‘l o‘rtasida o‘rnatilgan beton to‘siqqa urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi shifoxonada vafot etgan. Bundan tashqari, 1976 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi tez tibbiy bo‘limiga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil oktyabr oyi boshida Surxondaryoda boshqaruvni yo‘qotgan Nexia rusumli avtomobil yo‘l chetiga chiqib, chuqurlikka ag‘darilib ketgandi. Buning oqibatida haydovchi vafot etgan.
LiveBarchasi