Surxondaryoda molxonasining tomida “marixuana” yetishtirgan erkak qamaldi
3-sahifa
−
20 noyabr
3687Surxondaryo viloyatida molxonasining tomida “marixuana” yetishtirgan erkak qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Termiz tumanining Nurafshon mahallasida yashovchi 48 yoshli fuqaro molxonasining tom qismida giyohvand vositalari yetishtirgan. Moddalar quritilib, yelim paketda saqlangan. Uch nafar farzandning otasi qariyb 23 gramm “marixuana” giyohvand moddasini sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Mazkur holat Termiz tuman sudida ko‘rib chiqildi. Erkak Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 273-moddaning 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda uyida qurol va giyohvand moddalar saqlagan 58 yoshli erkak ushlangandi. Tekshiruv davomida ushbu shaxsning xonadonidan quroldan tashqari, elektron kastet, javonda 13,8 gramm, cho‘ntaklarida jami 65 gramm “marixuana” saqlayotgani ma’lum bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruvlar olib borilmoqda.
LiveBarchasi