Surxondaryoda maktab o‘qituvchisi hamkasbini chuv tushirdi

3-sahifa

image

Surxondaryo Qumqo‘rg‘on tumanida maktab o‘qituvchisi onlayn qimor sababli hamkasbining bank kartasidagi pullarini o‘g‘irladi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining bank kartasidan jami 1 545 000 so‘m miqdordagi pullar noma’lum shaxs tomonidan yechib olingan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro sodir etganligi aniqlangan. 

“Ayblanuvchi jabrlanuvchi bilan bir maktabda ishlab turib, uning bank kartasi ma’lumotlari va sms-xabarnomasini qo‘lga kiritish orqali to‘lov tizimlaridan foydalanib, barcha pullarni onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinga yutqazib qo‘ygani ma’lum bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan o‘qituvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyati Hazorasp tumanida ikki erkak onlayn qimor o‘ynab, 160 million so‘m yutqazgani haqida xabar bergan edik. 

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing