Surxondaryoda Lacetti yonib ketdi (video)

Jamiyat

Surxondaryoda Lacetti dvigatelidagi qisqa tutashuv avtomobilning yonib ketishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Hodisa joriy yilning 18 fevral kuni soat 21:19 da Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Do‘stlik MFY hududida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu tumanda yashovchi M.R. boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” rusumli transport vositasi dvigatel qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in yuzaga kelgan.

Holat sodir bo‘lgan joyga soat 21:22 da o‘t o‘chiruvchilar yetib borishgan va soat 21:30 ga qadar yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasidan tan jarohati olganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Lacetti

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing