Surxondaryoda ko‘chaga axlat tashlagan ayol jarimaga tortildi

Jamiyat

image

Surxondaryoda yo‘lning o‘rtasiga axlat tashlab ketgan ayol jarimaga tortildi. Bu haqda Surxondaryo  viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, ushbu qoidabuzarlik onlayn kuzatuv kameralari orqali aniqlangan. Holat Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida sodir bo‘lgan. 

Voqea Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaroning  shaxsi aniqlangan. 

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91 prim 1- moddasi 1-qismiga ko‘ra, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Qonunbuzar fuqaro bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari – 340 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Ma’lumot uchun, belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga сабаб bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Zangiota tumanida mashinasining davlat raqamini yashirib, chiqindi to‘kkan fuqaro jarimaga tortilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo jarima Ekologiya axlat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing