Qashqadaryoda qor yog‘di (video)
Jamiyat
−
14 Sentabr 2021
10085O‘zbekistonning janubiy hududi Qashqadaryo viloyatidagi Hisor davlat qo‘riqxonasida qor yog‘di. Bu haqda Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Hisor davlat qo‘riqxonasida 2021 yil 10 sentyabrdan 13 sentyabrga qadar havoning o‘zgarishi kuzatilgan.
“Hisor davlat qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari 2021 yil 10 sentyabrdan 13 sentyabrga qadar Hisor davlat qo‘riqxonasining Miraki bo‘limi Sepoya Xo‘jaqulbars, Go‘rdara va Tanxozdaryo bo‘limning Bedil, Gajaksoy soylarida kuzatuv ishlarini olib borish jarayonida havoning o‘zgarishi natijasida birinchi qorning guvohi bo‘ldilar”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Gidrometeorologiya xizmati markazi hafta oxiriga borib O‘zbekistonda kunlar yana isishini ma’lum qilgandi.