Surxondaryoda qoidalarga zid o‘tkazilgan to‘y tufayli yuzlab odam karantinga olindi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida karantin vaqtida to‘y o‘tkazish qoidalari buzilishi natijasida 250 nafardan ortiq odam karantinga olindi. Bu haqda viloyati hokimi To‘ra Bobolov Surxondaryo aholisiga yo‘llagan murojaatida aytib o‘tdi.

“Ming afsuski, viloyatdagi ayrim rahbar va xodimlarning, fuqarolarimizning karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishdagi e’tiborsizligi koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatning keskinlashuviga sabab bo‘lmoqda.

Misol uchun, viloyat tashkilotlarining birida karantin qoidalariga rioya etilmaganligi, ya’ni xodimlarning ishga kelishida termometriya qilinmaganligi, antiseptik vositalaridan foydalanilmaganligi, 2 metrlik ijtimoiy masofa saqlanmaganligi, niqob taqish va dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmaganligi natijasida Toshkent shahrida xizmat safarida bo‘lib qaytgan bemor xodim ishga chiqib, hamkasablariga koronavirus infeksiyasining yuqishiga sababchi bo‘lgan”, deydi To‘ra Bobolov.

Buning natijasida ushbu bemor bilan muloqotda bo‘lgan 300 nafardan ortiq fuqaro bugungi kunda karantinga olinib, 9 nafarining ushbu kasallikka chalinganligi tasdiqlangan. Yana bir nechta fuqaroda ushbu kasallik gumon qilinmoqda.

Shuningdek, to‘y va marakalarning belgilangan talablar bo‘yicha o‘tkazilmaganligi natijasida ham ko‘plab fuqarolar karantinga olinmoqda. Xususan, Muzrabot tumanida o‘tkazilgan to‘yda belgilangan karantin qoidalariga amal qilinmaganligi natijasida 250 dan ortiq fuqoro karantinga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

337

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing