Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan hayvon ovlangani aytilmoqda
Jamiyat
−
03 Oktabr 2021
14301Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan va O‘zbekistonda sanoqli qolgan do‘lta (giyena) ovlanganiaqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, xabarda keltirilgan faktlar Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Uzun tuman inspeksiyasi va tuman IIB tomonidan atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Qizil kitobga kiritilgan hayvon bo‘lgan do‘ltani fotosuratdagi fuqarolar tomonidan ov qilingani yoki boshqa maqsadlarda o‘ldirmaganligi aniqlandi.
Surishtirish jarayonida Uzun tumani “Mustaqillik” mahallasida yashovchi fuqaro P. Ochildiyevda ovchilik qurollari yo‘qligi va ovchilik uyushmasiga a’zo emasligi, fuqaro joriy yilning fevral oyida tumanning Xursand mahallasi hududida fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydoniga qo‘ylarini boqib kelganda tungi vaqtda noma’lum yovvoyi hayvon qo‘ylariga hujum qilgan va cho‘ponning 5 ta iti qo‘ylarni himoya qilish maqsadida yovvoyi hayvoni jarohatlab o‘ldirgan.
O‘ldirilgan hayvonning o‘ligini kunduz kuni ko‘rgan cho‘ponlar fotosuratga tushishgan.
Shuningdek, fotosuratdagi ikkinchi fuqaro hozirgi vaqtda chet elga ishlash maqsadida ketganligi aniqlangan.
LiveBarchasi