Surxondaryoda IIO xodimlari va fuqarolar o‘rtasida mojaro yuz berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida IIB xodimlari tadbirkorga nisbatan kuch ishlatayotgani haqida video va xabarlar tarqaldi. viloyat IIB Matbuot xizmati holatga munosabat bildirdi.

Boshqarmaning ma’lum qilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining joriy yilning 2 fevral kunidagi “Noqonuniy qurilishlarni majburiy tartibda buzdirish” hamda “Noturar yer maydonidan chiqarish haqida”gi sud qarori hamda MIB Oltinsoy tumani bo‘limining ijro hujjatiga asosan MIB Oltinsoy tuman bo‘limi, tuman IIB hamda tegishli tashkilotlardan iborat ishchi guruh, joriy yilning 8 iyun kuni soat 10:00 da majburiy ijro harakatlari belgilangan joyga borishganida, javobgarlar ijro harakatlari bajarilishiga to‘sqinlik qilib, xodimlarni harakatlariga faol qarshilik ko‘rsatib, ma’sullarga tosh va g‘isht bo‘laklarini otishgan.

Natijada jamoat tartibini buzib, davlat organlari xodimlariga tan jarohati yetkazgan to‘rt nafar fuqaro majburiy tarzda tuman IIBga olib borilib, ularga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo

Baholaganlar

683

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing