Surxondaryoda haydovchilar mijoz talashib janjal chiqardi
3-sahifa
−
09 yanvar 2023
4549Surxondaryoning Uzun tumanida “Avtoshohbekat”da bir guruh fuqarolar mijoz talashib janjal chiqardi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 5 yanvar kuni tumandagi “O‘zbekiston” mahallasida joylashgan “Avtoshohbekat”da mijoz talashishi oqibatida o‘zaro katta janjal kelib chiqqan. Fuqarolar turli xil tosh va tayoqlar bilan bir-biriga tan jarohati yetkazgan.
Ma’lum bo‘lishicha, janjalda 12 nafardan ortiq kishi ishtirok etgan.
Holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan janjal chiqarganlarning barchasiga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida fuqarolar navbat talashib janjal chiqargani haqida xabar berilgan edi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi