“Gaz zapravka”da fuqarolar navbat talashib janjal chiqardi
3-sahifa
−
07 yanvar 2023
12645Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida janjal sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosharmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning yil 5 yanvar kuni soat 09:55 larda Baliqchi tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida “Moskvich” rusumli avtomashina haydovchisi navbat kutib turgan vaqtida mazkur shoxobchada qorovul bo‘lib ishlovchi D.T. va S.D. boshqa 2 nafar haydovchini navbatsiz kiritib yuborgani uchun o‘zaro janjal kelib chiqqan. Janjal vaqtida D.T. va S.D. fuqaro B.N.ning oyoq va bosh qismiga yog‘och tayoq bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyatida “gaz zapravkalar” tomonidan 26 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida xabar berilgan edi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi