Surxondaryoda fuqaro uyidan 317 tup ko‘knori aniqlandi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida fuqarolardan birining xonadonidan 12 tup kannabis hamda 317 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simliklari aniqlandi. Bu haqda Davlat Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buxoro va Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmalarining tezkor tuzilmalari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda mavjud ma’lumotlar asosida Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi fuqarolardan birining xonadoni ko‘zdan kechirilgan.

Oqibatda xonadon tomorqasida ekin ekish uchun belgilangan yer maydonida fuqaro giyohvandlik o‘simliklariga o‘xshash o‘simliklarni ekib, parvarishlab kelayotgani aniqlangan.

Ekspert-kriminalistika markazi ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, aniqlangan o‘simliklar 12 tup kannabis hamda 317 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simliklari ekani tasdiqlandi va ashyoviy dalil sifatida tegishli qonunchilik asosida saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 10 kg dan ortiq giyohvand moddani sotish uchun xonadonida saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo ko'knori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made