Surxondaryoda qaynonasi va xotinini o‘ldirib, Rossiyaga qochib ketgan erkak ishi tafsilotlari ochiqlandi
3-sahifa
−
14 aprel 2022
12798Avvalroq Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida 57 yoshli ona va uning 29 yoshli qizi o‘lik holda topilgani, ularni o‘ldirilishida gumonlangan shaxs esa Rossiyada ushlangani haqida xabar bergan edik.
Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati mazkur qotillik tafsilotlarini ochiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Sariosiyo tumani “Toqchiyon” mahallasida ro‘yxatda turgan, ammo Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi S.N. Rossiya davlatiga ishlashga ketib, turmush o‘rtog‘i Z.M. unga xiyonat qilib kelganligini bilib, shu yili yanvar oyida qaytib keladi. Kelishi bilan voyaga yetmagan 3 nafar farzandini o‘zi bilan olib qolib, turmush o‘rtog‘ini u bilan ajrashish maqsadida, uydan chiqarib yuboradi.
Shundan so‘ng, er-xotin o‘rtasida farzandlar kimda qolish-qolmasligi ustidan tortishuv boshlanadi. S.N. sobiq xotining akasiga Z.M. uni tinch qo‘yishi lozimligini, farzandlarini olish uchun sudga ariza bermasligini, agar ariza bergan taqdirda uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan.
Biroq, Z.M. sud orqali farzandlarini o‘ziga olish uchun da’vo ariza yozib, taqdim qilish choralarini ko‘rayotganligini bilib, undan o‘ch olish maqsadida reja tuzgan.
Qayd etilishicha, S.N. rejasini amalga oshirish uchun turmush o‘rtog‘i Z.M.ga o‘g‘li Axtamni (ism sharif shartli ravishda o‘zgartirildi) ko‘rsatish uchun olib borishini, u bilan yarashmoqchi ekanligini aytib, o‘zining Nexia-3 rusumli transport vositasida turmush o‘rtog‘i Z.M.ning onasi X.X. bilan yashab kelayotgan Sho‘rchi tumani “Yakkabog‘” mahallasidagi yashash uyiga boradi.
O‘g‘lini qaynonasi X.X. va turmush o‘rtog‘i Z.M. bilan uchrashtiradi. Va uydan chiqib, o‘g‘lini avtomashina ichiga qo‘yib, qaynonasi va xotinini uxlashini kutib, o‘ziga qulay vaqt paydo bo‘lganidan so‘ng, yashash uyiga kirib, ayvonda uxlab yotgan qaynonasi X.X.ni va xotini Z.M.ni bo‘yin qismiga o‘tkir kesib-sanchuvchi jism bilan tan jarohati yetkazadi. Ular ko‘p qon yo‘qotish natijasida voqea joyida vafot etadi.
LiveBarchasi