Surxondaryoda “daraxtkushlik”. 61 tup daraxt kesib tashlandi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida avtomobil yo‘lini kengaytirish hamda shu yo‘ldagi ko‘prikni rekonstruksiya qilish maqsadida 61 tup daraxt kesib tashlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oltinsoy tumanining “Mirshodi” mahallasi hududidan o‘tuvchi, Oltinsoy hamda Denov tumanlarini bog‘lovchi avtomobil yo‘lini kengaytirish, ushbu yo‘ldagi “Qora ariq” ko‘prigini rekonstruksiya qilish maqsadida yo‘l yoqalarida mavjud bo‘lgan ko‘p yillik daraxtlarni kesib olish uchun tuman hokimligining mas’ul xodimi tuman Ekologiya bo‘limidan og‘zaki tarzda ruxsat so‘ragan.

Oltinsoy tuman Ekologiya bo‘limi xodimlari holatni borib o‘rganganda, bu amaldagi qonunchilikka zid ekanligi, agar daraxtlarga zarar yetkazilsa qonun oldida javobgarlikka tortilishi aytilgan

Shunga qaramasdan, noma’lum shaxslar tomonidan kechqurun hududda mavjud bo‘lgan, o‘suvchanligini yo‘qotmagan 61 qimmatbaho navli daraxtlar kesib tashlangan. Ular tarkibida 2 tup chinor, 54 tup virgin archasi, 2 tup terak, 4 tup tol daraxtlari bo‘lgan.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasining tezkor guruhi shu kuning o‘zida holat sodir etgan joyga yetib borib, bayonnoma tuzgan. Mutaxasislarning hisob kitoblariga ko‘ra, ushbu noqonuniy harakat oqibatida o‘simlik dunyosiga 293 million 700 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat Prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing