Surxondaryoda Damas haydovchisi piyodalarni urib yubordi. Qurbonlar bor

Jamiyat

image

Kecha, 6 may kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki nafar piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH taxminan soat 22:45 larda Sherobod tumani “Kattabog‘” mahallasi hududidan o‘tgan 4-H 601 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida yuz bergan. Tumanning “Chuyinchi” mahallasida yashovchi 31 yoshli fuqaro P.S boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasini tumanning “Kattabog‘-Qulluqsho” mahallasi yo‘nalishida boshqarib ketayotgan vaqtida o‘zining yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan piyodalarni avtomashinaning old o‘ng tomoni bilan urib yuborgan.

Qolaversa, hayoti va sog‘ligi xavf ostida qolgan, turli darajadagi tan jarohatlari olgan piyodalarga yordam ko‘rsatmasdan qasddan voqea joyidan qochib ketgan. Sodir etilgan YTH natijasida piyodalar turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan S.A va Yu.O. shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman bo‘yicha “To‘sib ushlash” rejasi amalga oshirilib, ko‘rilgan choralar natijasida haydovchi P.S. qo‘lga olingan.

Sherobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan haydovchi P.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi va 117-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kamola Amirova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing