Surxondaryoda dahshatli qotillik. Ona-bola o‘ldirilib, uyi yoqib yuborildi
3-sahifa
−
17 fevral
22977Joriy yilning 15 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida 42 yoshli ayol va uning bolasi o‘ldirilib ketilgani, uyi esa yoqib yuborilgani aniqlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, soat 03:39 da Uzun tumanining Yangi yo‘l mahallasida yashovchi Sh.E. viloyat Ichki ishlar boshqarmasining 102 operatori orqali murojaat qilib, qo‘shnisi M.R.ning yashash uyida yong‘in bo‘layotgani, u va farzandlari o‘ldirib ketilganini aytgan.
Mazkur murojaat yuzasidan zudlik bilan hodisa joyiga tuman IIB mavjud tezkor tergov guruhi borganda M.R. uyining tomorqasining o‘rtasida bosh sohasida og‘ir tan jarohati va qo‘l hamda oyog‘idagi jarohatlar sabab vafot etgani aniqlangan.
Shuningdek, ayolning 2010 yilda tug‘ilgan O.H. ismli o‘g‘li uyining orqasidagi alohida xonasidan boshidagi jarohat hamda pastki jag‘ining kesilgan holatida o‘lik holda topilgan. 2016 yilda tug‘ilgan Z.H. va 2017 yilda tug‘ilgan M.H. ismli qizlari ham tan jarohati bilan Uzun tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qism “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi