Surxondaryoda Cobalt kanalga tushib ketdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 20 may kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Cobalt avtomashinasi kanalga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Denov tumanining “Istiqlol yulduzi” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Hazarbog‘ kanaliga Cobalt rusumli avtomobil ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan hamda maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olingan.

Vazirlikning yozishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanidan oqib o‘tuvchi kanalga Gentra avtomobili tushib ketgandi. Haydovchi o‘zining xavfsizligi uchun tushib ketgan avtomashinasining ustiga chiqib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo FVV Cobalt Hazarbog' kanali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing