Surxondaryoda chegarani buzib o‘tishga uringan Fransiya fuqarosi ushlandi
3-sahifa
−
02 dekabr 2021 11624 1 daqiqa
Surxondaryoda giyohvandlik va psixotrop dori vositalarini kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekistondan Afg‘onistonga olib o‘tishga uringan Fransiya fuqarosi ushlandi. Bu haqda Surxondaryo IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 26 noyabr kuni soat 19:00larda Surxondaryo viloyati DXX Chegara qo‘shinlari harbiy qism chegara naryadi tomonidan Fransiya Respublikasi fuqarosi T.M. O‘zbekistondan Afg‘onistonga chiqib ketish maqsadida, Termiz tumani hududidagi temir yo‘l orqali piyoda tarzda noqonuniy ravishda davlat chegarasidan o‘tishga uringan vaqtda to‘xtatilgan. So‘ng chegara qo‘shinlari tomonidan Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlariga holat yuzasidan bojxona nazoratini amalga oshirish uchun xabar berilgan.
Voqea joyiga soat 20:30 larda Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari yetib kelib, fuqaroni xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazgan. Natijada unga tegishli bo‘lgan kulrang ryukzak sumkasi ichidan 26 dona “Topalgic 50 mg tramadol” nomli tabletkalar borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida holislar ishtirokida olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan, tergovga qadar surishtiruv ishlari viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilmoqda.
Live
Barchasi