DXX “laboratoriya”da narkotik tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan talabalarni ushladi
3-sahifa
−
02 dekabr 2021
11668Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda internet orqali sintetik giyohvandlik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi uyushgan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
Qo‘lga olingan shaxslar Toshkentda ijaraga olingan uchta xonadonda mefedron sintetik giyohvandlik moddasini yashirin laboratoriya sharoitida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
Aniqlanishicha, mazkur xonadonlarda 892 gr “mefedron”, 45 gr" alfa-P" va posintetik moddalari hamda xomashyo sifatida foydalaniladigan 360 litrdan ortiq zaharli kimyoviy moddalar, zarur asbob uskunalar va himoya vositalari borligi aniqlandi.
Shuningdek, guruh a’zolari tomonidan xufiya joylarga yashirib qo‘yilgan 898 gr "mefedron" moddasi, 15 litr va 12 kg miqdoridagi turli hil kimyoviy moddalar hamda 8 litr "bromketon" olib qo‘yildi.
Bundan tashqari, noqonuniy yo‘llar bilan “bitkoin” kriptovalyutasida jamg‘arilgan 113 ming 773 AQSH dollari musodara qilindi.
Qayd etilishicha, 1992 – 2000-yillar oralig‘ida tug‘ilgan guruh a’zolarining 3 nafari Toshkent va xorijdagi nufuzli OTMlar talabalari ekani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, sintetik giyohvandlik moddalarini chet eldan kirib kelgan ham chek qo‘yildi.
Xususan, yuk mashinasida chet eldan keltirilgan elektrosamokat ichiga yashirib qo‘yilgan 1 kg 994 gr "mefedron" va 499 gr "spays" moddalari hamda 6 dona "gashish" kapsulasini qabul qilib olgan vaqtida Toshkentda yashovchi 25 yoshli muqaddam sudlangan shaxs ushlandi.
Shuningdek, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro xorijdan yuk mashinasida olib kelingan elektrosamokat ichiga yashirib qo‘yilgan 500 gr geroin, 947 gr gashish, 500 dona LSD nomli sintetik giyohvandlik modda va 60 dona gashish kapsulasini qabul qilib olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur shaxslar Toshkentda internetda giyohvandlik moddasini sotuvchi guruhning faol a’zolari bo‘lib, katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini sotish va tarqatish bilan shug‘ullangan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi