Surxondaryoda bolalarga noqonuniy diniy saboq berib kelgan shaxs qamaldi
3-sahifa
−
27 avgust
5298Surxondaryo viloyati Boysun tumanida bolalarga noqonuniy diniy saboq berib kelgan shaxs qamaldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1989 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta bo‘lgan shaxs oyiga 500 ming so‘mdan 1 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda pul evaziga uyida 11 nafar voyaga yetmagan bolaga hujra sharoitida turli diniy adabiyotlardan foydalanib, noqonuniy diniy saboq berib kelgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi (Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, 10 sutka qamoq jazosi qo‘llanildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Termiz shahrida noqonuniy diniy ta’lim berish bilan shug‘ullangan 26 yoshli yigit 15 sutkaga qamalgandi.
LiveBarchasi